2026-yil 4-iyun kuni Toshkent viloyatining faol yoshlar yetakchilari o‘rtasida o‘tkazilgan maxsus ko‘rik-tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, Toshkent davlat agrar universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Muhammadaminov Sarvarbek munosib g‘olib deb topilib, 2-darajali diplom va 10 million so‘m pul mukofoti hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Ushbu yutuq Sarvarbekning yoshlar bilan ishlashdagi faolligi, tashabbuskorligi va fidokorona mehnatining munosib e'tirofi bo‘ldi.
Muhammadaminov Sarvarbekni ushbu yuksak e'tirof bilan muborakbod etamiz va kelgusi faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
Ijtimoiy tarmoqlar:
