Toshkent davlat agrar universitetida 2025–2026-o‘quv yili bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarini amaliyot va ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘liq holda tashkil etish ishlari izchil davom etmoqda.
Mazkur jarayon doirasida O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakultetining “O‘simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo‘yicha)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda “O‘simliklar himoyasi va karantini”, “Entomologiya” magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilarining bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari himoyasi O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida bo‘lib o‘tmoqda.
Himoya jarayonlarida talabalarning va magistrantlarning o‘simliklar himoyasi, zararkunandalarga qarshi kurash, karantin tadbirlarini takomillashtirish hamda qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirishga qaratilgan ilmiy izlanishlari va amaliy tavsiyalari taqdim etilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar:





