logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU delegatsiyasi Xitoyda o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

view 24

Toshkent davlat agrar universiteti delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Liaonin provinsiyasi, Shenyan shahrida bo‘lib o‘tayotgan Liaonin xalqaro qardosh shaharlar konferensiyasining III yig‘ilishida ishtirok etdi.

Delegatsiyaga universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Kamoliddin Sultonov boshchilik qilmoqda. Shuningdek, konferensiyada professor-o‘qituvchilar ishtirok etmoqda.

“Qardosh shaharlar +” konsepsiyasi asosida tashkil etilgan mazkur nufuzli xalqaro anjuman ta’lim, fan va texnologiyalar sohalarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Konferensiya doirasida turli mamlakatlardan tashrif buyurgan mahalliy hokimiyat organlari, universitetlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa tashkilotlar vakillari o‘zaro tajriba almashish hamda yangi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilmoqda.

Tadbir dasturidan ochilish marosimi, sho‘ba forumlar, universitetlararo uchrashuvlar va ilmiy-amaliy muloqotlar o‘rin olgan. Ushbu platforma ta’lim, ilm-fan, ishlab chiqarish va amaliyot integratsiyasiga asoslangan hamkorlikni mustahkamlash, innovatsion loyihalarni rivojlantirish hamda xalqaro akademik aloqalarni kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.