logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU vakillari Piskent yoshlari bilan uchrashdi

view 48

Toshkent davlat agrar universiteti (TDAU) tomonidan Toshkent viloyati Piskent tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bitiruvchilari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida bitiruvchilarga universitetda mavjud ta’lim yo‘nalishlari, zamonaviy o‘quv jarayonlari, ilmiy laboratoriyalar, xalqaro hamkorlik dasturlari hamda talabalarga yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, TDAUning agrar ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar yo‘nalishida erishayotgan yutuqlari, xalqaro reyting va hamkorlik aloqalari ham alohida ta’kidlandi.

Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar. Tadbir davomida agrar sohada zamonaviy va yuqori talabga ega kasblar, kelajakdagi kasbiy rivojlanish istiqbollari hamda Toshkent davlat agrar universitetida tahsil olishning afzalliklari haqida ham atroflicha ma’lumot berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.