logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda tibbiy-profilaktika tadbiri: 2 000 nafarga yaqin inson tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

view 15

Toshkent davlat agrar universitetida “Sog‘lom avlod — sog‘lom kelajak” shiori ostida talaba qizlar, universitet xodimlari va mahalla fuqarolari uchun keng qamrovli tibbiy-amaliy tadbir tashkil etildi.
Ushbu xayriya tadbiri doirasida talabalar turar joylarida yashovchi 2 000 nafarga yaqin talaba qizlar, oliygoh xodimlari hamda yaqin atrofdagi “Oybek” va “Bobur” mahallalari aholisi bepul tekshiruvlardan o‘tishdi. Jumladan, tekshiruvlar davomida:
Terapevt, nevropatolog, endokrinolog, LOR, okulist, dermatolog, allergolog, ginekolog, revmatolog va urologlar maslahati tashkil etildi. Tekshiruvlar: Ishtirokchilar zamonaviy UZI, EKG apparatlari va laboratoriya tahlillari orqali chuqurlashtirilgan ko‘rikdan o‘tkazildi. Tadbir davomida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari mutaxassislari tomonidan mahorat darslari o‘tildi. Unda reproduktiv salomatlik, qalqonsimon bez kasalliklarining oldini olish va teri parvarishi bo‘yicha eng zarur tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida ushbu ezgu tashabbusda hamkorlik qilgan tashkilotlar vakillariga minnatdorchilik bildirildi. TDAU ma’muriyati bunday salomatlik aksiyalarini an’anaviy tarzda davom ettirishni rejalashtirgan.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.