Ayni paytda Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turgan Toshkent davlat agrar universiteti delegatsiyasi universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Komiliddin Sultonov boshchiligida Dalian Ocean Universityda bo‘lib, baliqchilik va akvakultura yo‘nalishidagi zamonaviy laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida delegatsiya a’zolari baliqchilik sohasida qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalar, zamonaviy laboratoriya jihozlari hamda intensiv akvakultura tizimlari bo‘yicha keng qamrovli o‘rganishlar olib bordilar. Shuningdek, ushbu yo‘nalishda ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Safar doirasida delegatsiya baliqni intensiv usulda yetishtirishga ixtisoslashgan yirik ishlab chiqarish korxonasida ham bo‘lib, u yerda ishlab chiqarish jarayonlari, suv resurslaridan samarali foydalanish, oziqlantirish tizimlari hamda avtomatlashtirilgan boshqaruv texnologiyalari bilan tanishdi.
Mazkur tashrif TDAUda baliqchilik va akvakultura yo‘nalishida ilmiy salohiyatni oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar:






