Toshkent davlat agrar universiteti Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakultetida navbatdagi 14-sonli Fakultet Kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda universitetning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, professor Sayfullo Boboyev ishtirok etib, fakultet tarkibidagi kafedralar faoliyati hamda 2025–2026-o‘quv yili yakunlari bo‘yicha kafedra mudirlarining hisobotlarini tingladi.
Kengash davomida tayanch doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilar tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlarning bajarilish holati, kafedralarning ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilgan ishlar, KPI ko‘rsatkichlari, Scopus va Web of Science xalqaro ilmiy bazalarida chop etilgan maqolalar, grant loyihalari hamda xo‘jalik shartnomalari ijrosi muhokama qilindi.
➡️Shuningdek, 2026–2027-o‘quv yili uchun qabul ko‘rsatkichlarini ta’minlash, abituriyentlarni ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarga keng jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan va rejalashtirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar ko‘rib chiqildi.
✅Yig‘ilish yakunida fakultetda korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish, ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik tamoyillarini yanada mustahkamlash, ta’lim va ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi hamda mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:








