Toshkent davlat agrar universitetida 2025-2026-o‘quv yili yakunlari va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan Kengashning kengaytirilgan majlisi o‘tkazildi. Universiteti rektor Narzullo Oblomuradov raisligida o‘tgan majlisda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va tegishli mas’ullar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan mamlakat yoshlari bilan uchrashuvidan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Xususan, "Kelajak bilimlari ekotizimi", "kasb vaucherlari", innovatsion startaplar va AT sohasini rivojlantirish kabi tashabbuslarni TDAU hayotiga tatbiq etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, xalqaro tanlovlar va davlat stipendiyalari sohibi bo‘lgan bir guruh iqtidorli talabalar hamda ularning ustozlari Kengashda alohida taqdirlandi.
Shuningdek, kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlar bilan uchrashuvidan kelib chiqadigan vazifalar;
o‘quv, ilmiy-innovatsion va xalqaro hamkorlik sohalarida amalga oshirilgan ishlar;
yoshlar siyosati va ma’naviy-ma’rifiy ishlar;
Axborot-resurs markazi kutubxona fondi holati;
fakultetlar faoliyati yuzasidan axborotlar.
Yig'ilish yakunida Kengash a’zolari tomonidan kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qaror loyihalari tasdiqlandi. Yangi 2026-2027-o‘quv yilida ta’lim sifatini yanada oshirish, tizimni raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali agrar soha uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash tizimi yangi bosqichga ko'tarilishi ta'kidlandi.
Ijtimoiy tarmoqlar:









