logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU professor-o‘qituvchilari ShHT mamlakatlari agrar universitetlari rektorlari forumida ishtirok etdi

view 12

Joriy yil 6–9-iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Sian (Xi'an) shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) mamlakatlari Agrar universitetlari rektorlari V forumi hamda Ipak yo‘li agrar ta’lim va ilmiy-texnologik innovatsiyalar alyansining XI yillik konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
"Ilmiy-texnologik innovatsiyalar – qishloq xo‘jaligi kelajagi va oziq-ovqat xavfsizligi kafolati" mavzusidagi xalqaro anjumanda 19 ta davlatdan 86 ta oliy ta’lim va ilmiy muassasa vakillari ishtirok etib, agrar ta’lim, ilm-fan, raqamli transformatsiya, oziq-ovqat xavfsizligi, barqaror qishloq xo‘jaligi hamda xalqaro hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.
Toshkent davlat agrar universiteti professor-o‘qituvchilari ham forumda faol qatnashib, sho‘rlangan yerlarni rekultivatsiya qilish, yashil texnologiyalar asosida ekin yetishtirish, intensiv bog‘dorchilik va zamonaviy agrotexnologiyalar yo‘nalishlarida ilmiy ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar.
Forum yakunida agrar ta’lim va ilm-fan sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash hamda iqlim o‘zgarishi sharoitida barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.