logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

view 20

Toshkent davlat agrar universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan Xalqaro hamkorlik bo‘limi xodimlari ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi. Seminar davomida xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan dasturlarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimallashtirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda xodimlarning huquqiy madaniyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlarni oldindan aniqlash, manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelganda belgilangan tartibda harakat qilish hamda xizmat vazifalarini halollik, xolislik va qonuniylik tamoyillari asosida bajarish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Tadbir yakunida xodimlardan korrupsiyaviy holatlarning oldini olish va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha kafolat xatlari olindi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.