logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“Kelajakka qadam” — TDAU yoshlari uchun yangi imkoniyatlar!

view 33

Toshkent davlat agrar universiteti talabalari va bitiruvchilari diqqatiga!. "O‘zmilliybank" AJ tomonidan “Kelajakka qadam” dasturi doirasida yoshlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun bir qator qulay imkoniyatlar taqdim etilmoqda. “Tadbirkorlikka ilk qadam” Kredit — 20 mln so‘mgacha Muddat — 18 oygacha Imtiyozli davr — 6 oygacha O‘zini o‘zi band qilish va biznes boshlash istagidagi yoshlar uchun.
“Biznes start” Kredit — 300 mln so‘mgacha Muddat — 5 yilgacha Imtiyozli davr — 1 yilgacha Mustaqil biznes boshlamoqchi bo‘lgan bitiruvchi va yoshlar uchun.
“Biznes progress” Kredit — 2 mlrd so‘mgacha Muddat — 7 yilgacha Imtiyozli davr — 2 yilgacha Faoliyatini kengaytirishni rejalashtirayotgan tadbirkorlar uchun.
“Talaba invest” Kredit — 10 mlrd so‘mgacha Muddat — 7 yilgacha Imtiyozli davr — 2 yilgacha 31 yoshga to‘lmagan, ish bilan ta’minlamagan talabalar va yoshlarni tadbirkorlik subyektlariga jalb etishga qaratilgan.
“Mening birinchi kasbim” loyihasi doirasida esa oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarini kasbga tayyorlash va moliyalashtirish, jumladan, oylik 5 BHMgacha stipendiya, xorijda qisqa muddatli kurslarda qatnashish uchun 50 BHMgacha mablag‘ hamda biznes-reja tayyorlash xarajatlarini qoplash kabi imkoniyatlar mavjud. TDAU talabalari va bitiruvchilari! Agar sizda biznes g‘oya, tadbirkorlik tashabbusi yoki o‘z faoliyatingizni boshlash istagi bo‘lsa, ushbu imkoniyatlardan foydalaning! Batafsil ma’lumot uchun murojaat qiling: Chorshanbi Bekkamov — TDAU Akademik faoliyat departamenti Karyera va bandlik markazi bosh mutaxassisi Telefon: +998 50 587 70 76 Telegram: @Bekkamov1976

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.