logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda “Mustaqillik darslari” va tanishtiruv mashg‘ulotlari davom etmoqda

view 15

Toshkent davlat agrar universitetida yangi 2026/2027-o‘quv yili munosabati bilan 1-bosqich talabalari uchun tanishtiruv mashg‘ulotlari hamda “Mustaqillik darslari” izchil davom etmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida yangi talabalarga universitetning ta’lim jarayoni, fakultetlar va kafedralar faoliyati, professor-o‘qituvchilar jamoasi, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ta’lim va ilmiy faoliyatdagi istiqbollar, shuningdek, universitetning ichki tartib-qoidalari haqida batafsil ma’lumotlar berilmoqda.
🇺🇿 Tanishtiruv dasturlari doirasida “Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yarataylik!” shiori ostida “Mustaqillik darslari” tashkil etilib, talabalarda Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va yurt kelajagiga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.