Toshkent davlat agrar universitetida 2026/2027-o‘quv yilida talabalikka qabul qilingan yoshlar uchun “Talabalikka bag‘ishlov” tantanali tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Tadbirda universitet rektori, professor Narzullo Oblomuradov hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi Kotibiyat boshlig‘i Shamshod Ergashev so‘zga chiqib, yangi talabalarni talabalik maqomiga ega bo‘lganlari bilan samimiy muborakbod etdi. Yoshlarni universitetda yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, puxta bilim olish, ilmiy izlanish olib borish, zamonaviy agrotexnologiyalarni chuqur o‘zlashtirish hamda kelajakda mamlakat qishloq xo‘jaligi rivojiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishga chorladi.
Tadbirning hayajonli lahzalaridan biri — yangi yilida universitetga qabul qilingan 1-bosqich talabalarning tantanali qasamyod qabul qilishi bo‘ldi. Shuningdek, tadbir davomida 1-bosqich talabalari uchun “Birinchi kurs maktabi” haftaligiga rasman start berildi. Mazkur haftalik yangi talabalarni universitet hayoti, ta’lim jarayoni, mavjud imkoniyatlar va talabalik muhitiga moslashtirish, ularga zarur bilim va ko‘nikmalarni berishga xizmat qiladi.
Tadbir davomida universitetning “Bo‘ston” ashula va raqs ansambli tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Tadbir davomida yangi talabalar uchun turli madaniy-ko‘ngilochar chiqishlar, samimiy tilaklar va esda qolarli lahzalar namoyish etildi.
Aziz talabalar, TDAUdagi yangi hayotingiz muborak bo‘lsin! Sizlarni oldinda katta imkoniyatlar, yangi bilimlar, ilmiy izlanishlar va ulkan marralar kutmoqda.
Table of Contents
Ijtimoiy tarmoqlar:







