logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda “Yoshlar kuni” doirasida yangi hamkorlik tashabbuslariga start berildi

view 238

“Yoshlar kuni” munosabati bilan Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov, universitet rektori Narzullo Oblomuradov, agentlik vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakultetining talabalari ishtirokida muloqot bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifatini boshqarish sohalaridagi yangiliklar, ushbu yo‘nalishlarda malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj haqida fikr almashildi. Uchrashuv doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Toshkent davlat agrar universiteti o‘rtasida kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Anglashuv memorandumi imzolandi. Mazkur memorandumning asosiy maqsadi — “Tarmoq–korxona–oliygoh” zanjiri asosida zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega, ishlab chiqarishning ilg‘or texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirgan mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishdan iborat bo'ldi.

Agentlik vakillari Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakultetining laboratoriyalari, xususan, “Ekofiziologik tadqiqotlar” laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tadbir yakunida universitet hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali daraxt ko'chatlari ekildi. Mazkur ezgu tashabbus hamkorlikning bardavomligi, yangilanish va kelajak avlod uchun yashil muhit yaratish ramzi sifatida alohida ahamiyat kasb etdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.