Toshkent davlat agrar universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Narzullo Oblomuradovning “O‘zbekiston — Serbiya: Agrosanoat rivojida strategik burilish nuqtasi” nomli maqolasi “Xalq so‘zi” gazetasida nashr qilindi.
Maqolada O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, xususan, agrosanoat, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi, logistika va zamonaviy agrotexnologiyalar yo‘nalishlaridagi hamkorlik istiqbollari keng yoritilgan. Unda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Aleksandar Vuchichning siyosiy irodasi muhim omil bo‘layotgani qayd etilib, Serbiyaning Yevropa bozorlariga chiqishdagi qulay imkoniyatlari hamda O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi strategik o‘rni o‘zaro hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratishi ta’kidlangan.
Maqolada, shuningdek, Serbiya qishloq xo‘jaligidagi ilg‘or tajribalarni O‘zbekistonda qo‘llash, agrotexnologiyalar, issiqxona xo‘jaligi, urug‘chilik, agroinnovatsiyalar, logistika va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Ijtimoiy tarmoqlar:
