logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU vakillari “Green Games” respublika musobaqasida faxrli 2-o‘rinni egalladi!

view 4

“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Xalqaro avtomobilsiz kun munosabati bilan atrof-muhitni asrash, ekologik madaniyatni yuksaltirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan yirik ekologik tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida “Yoshlar va ekologiya” xalqaro yugurish marafoni, “Ekologiya va velosport” musobaqasi hamda “Green Games” respublika plogging musobaqasi tashkil etildi. Mazkur tadbirlarda Toshkent davlat agrar universitetidan jami 190 nafar talaba faol ishtirok etdi.

Quvonarlisi, “Green Games” respublika plogging musobaqasida TDAU vakili faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, elektro samokat bilan taqdirlandi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.