Toshkent davlat agrar universiteti O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakultetida talabalar uchun xorijiy olimlar ishtirokida zamonaviy ilmiy yo‘nalishlarga bag‘ishlangan mahorat darslari bo'lib o'tdi. Xitoy Fanlar akademiyasi (Chinese Academy of Sciences) hamda boshqa nufuzli ilmiy markazlar vakillari tomonidan zamonaviy qishloq xo‘jaligi, bioasosli materiallar, sho‘rlangan va ishqoriy tuproqlarni yaxshilash hamda ulardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan talabalarga qimmatli ma’lumotlar berildi.
Jin Zhu — Xitoy Fanlar akademiyasining Ningbo materiallar texnologiyasi va muhandislik instituti professori “Biologik asosli materiallar va zamonaviy qishloq xo‘jaligi” mavzusida ma’ruza o‘tkazib, bioasosli materiallarning zamonaviy qishloq xo‘jaligidagi imkoniyatlari va amaliy ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Shuhua Ma — Xitoy Fanlar akademiyasining Jarayon muhandisligi instituti katta ilmiy xodimi esa “Xitoyda sho‘rlangan va ishqoriy tuproqlarni yaxshilashning yangi texnologiyalari va ularning qo‘llanilishi” mavzusida ma’ruza qilib, Xitoyda sho‘rlangan va ishqoriy tuproqlarni yaxshilashda qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar bilan talabalarni tanishtirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


