Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston va Niderlandiya o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir ikki davlat o‘rtasidagi agrar aloqalar tarixida yangi sahifa ochib, strategik sheriklikni mustahkamlashga xizmat qilishi rejalashtirilgan.
Simpoziumda Niderlandiya Qirolligi Karantin agentligi direktori o‘rinbosari Lianna Kersbergen boshchiligidagi delegatsiya hamda mamlakatimizning vazirlik va idoralari, ilmiy-tadqiqot institutlari va yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirok etdilar. Tadbirda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etish va ilm-fan integratsiyasini kuchaytirish masalalari diqqat markazida bo‘ldi. Muloqotlar davomida ijobiy dinamika alohida qayd etildi: o‘zaro savdo hajmi 2024-yildagi 3,2 million dollardan 2025-yilda 8,3 million dollarga yetdi. Niderlandiyaning innovatsion yondashuvlari va O‘zbekistonning boy agrar salohiyati birlashib, Markaziy Osiyoda qishloq xo‘jaligini tubdan o‘zgartirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. TDAU rektori Narzullo Oblomuradov o‘z ma’ruzasida sohada bilim va innovatsiyalarni rivojlantirish (AKIS) strategiyasini taqdimot qildi. Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari sifatida fitosanitar xavfsizlik va urug‘chilik tizimini takomillashtirish, zamonaviy issiqxona xo‘jaliklarini nufuzli xalqaro standartlar asosida modernizatsiya qilish va "Future Farmers" loyihasi talabalarni Niderlandiyaning yirik logistika markazlarida amaliyot o‘tashlarini tashkil etiladi.
Tadbir yakunida Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Dutch Greenhouse Delta, Export Partner va Naktuinbouw kabi nufuzli tashkilotlar bilan hamkorlik memorandumlar imzolandi. B2B uchrashuvlar natijasida shakllangan yangi investitsion loyihalar yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:









