Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Yosh fermerlar kengashi hamkorligida “Kelajak fermerlari – yangi agronomlar: ilm va amaliyot uyg‘unligi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir avvalida mehmonlar TDAU yoshlari tomonidan ishlab chiqilgan startap loyihalar bilan tanishib, ularning g‘oya va tashabbuslari yuzasidan talabalar bilan suhbatlashdi. Tadbirni universitet rektori Narzullo Oblomuradov ochib berdi. Unda O‘zbekiston Yosh fermerlar kengashi raisi Mahmud Inoyatov, “VESAGRO” blogi asoschisi, agrobloger O‘rmonali Usmonov, “Agro hayot” blogi asoschisi, agrobloger Ixtiyor Niyazov, "Red Pack" korxonasi rahbari Roman Salamatov, universitet professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi. Ochiq muloqot davomida yoshlarni agrar tadbirkorlikka jalb etish, innovatsion loyihalarni rivojlantirish, startaplarni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotga joriy etish hamda kelajak agronomlarida zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



