Toshkent davlat agrar universiteti va Xitoyning nufuzli Shaanxi Agriculture and Forestry Technology University oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Ayni kunlarda universitetimizning bir guruh olimlari — professor Turobjon Maxkamov boshchiligida doktorantlar Nodira Yakubjonova, Gulbahor Sultanova va Mehriniso Sayfiyevalar ushbu nufuzli dargohda xizmat safarida bo‘lib, 144 soatlik maxsus o‘quv-amaliy dastur asosida o‘z kasbiy mahoratini oshirmoqda. Ilmiy tadqiqotlar doirasida eng so‘nggi texnologiyalar — gaz va suyuqlik xromatografiyasi usullari yordamida dorivor o‘simliklar tarkibi chuqur tahlil qilinmoqda. Shuningdek, olingan natijalar kafedraning ilmiy salohiyatini yuksaltirishga va ta’lim jarayoniga yangi innovatsiyalarni joriy etishga xizmat qiladi. Ushbu ilmiy-amaliy faoliyat nafaqat tadqiqot ishlarining sifatini oshiradi, balki ikki davlat o‘rtasidagi agrar sohadagi ilmiy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlaydi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


