logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Daraxtlarni qishki mavsumga tayyorlashda kuzgi o‘g‘itlash ishlari olib borilmoqda

view 25

Toshkent davlat agrar universitetida “Agrokimyo va tuproqshunoslik” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va doktorantlari tomonidan universitet hududidagi manzarali daraxtlarni qishki mavsumga tayyorlash maqsadida kuzgi o‘g‘itlash ishlari amalga oshirilmoqda. Kuzgi o‘g‘itlash daraxtlarning oziqa elementlariga bo‘lgan ehtiyojini qoplash, ildiz tizimi faoliyatini yaxshilash va sovuqqa chidamliligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu jarayonda fosforli, kaliyli hamda organik o‘g‘itlar qo‘llanilmoqda: Fosforli o‘g‘itlar — ildiz tizimining rivojlanishi va qishga tayyorgarlikni yaxshilaydi. Kaliyli o‘g‘itlar — daraxtlarning sovuqqa va noqulay sharoitlarga chidamliligini oshiradi. Organik o‘g‘itlar — tuproqning organik moddalar miqdori va fizik xususiyatlarini yaxshilaydi. Azotli o‘g‘itlar — kuzda manzarali daraxtlarga berish tavsiya etilmaydi. Kuzgi o‘g‘itlash uchun eng maqbul davr odatda sentabr oxiri–oktabr va noyabr oyining boshlari hisoblanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.