Toshkent shahrida Xalqaro qishloq ayollari kuniga bag‘ishlangan “Fermer ayollar: ilm, innovatsiya va agroozuqa-ovqat tizimlari transformatsiyasi” mavzusidagi xalqaro forum davom etmoqdaForumda Toshkent davlat agrar universitetining 60 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilari va talabalari faol ishtirok etmoqda. Tadbirda gender tengligi, ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, agrar ilm-fan va innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, agrotadbirkorlik, iqlim o‘zgarishiga moslashuv hamda oziq-ovqat xavfsizligi kabi dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda. Forum doirasida tematik sessiyalar, fermer ayollar tomonidan yetishtirilgan va qayta ishlangan mahsulotlar ko‘rgazmasi, agroinnovatsiyalar va startaplar namoyishi hamda tajriba almashish uchrashuvlari tashkil etilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar:



