logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU delegatsiyasi Rossiyada xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etdi

view 5

Joriy yilning 6–7-oktyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida D.N. Pryanishnikov nomidagi Butunrossiya Agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutining 95 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur xalqaro ilmiy anjumanda Toshkent davlat agrar universiteti delegatsiyasi ham ishtirok etib, institut bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Hamkorlik doirasida qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, magistrantlar, doktorantlar va professor-o‘qituvchilar uchun stajirovkalar tashkil etish, shuningdek, agrokimyo sohasida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni qo‘llash hamda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish yo‘nalishlarida hamkorlik qilish belgilandi. D.N. Pryanishnikov nomidagi Butunrossiya Agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti agrokimyo fanini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasida dunyoning nufuzli ilmiy muassasalaridan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda ham agrokimyo fani, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish va kimyo sanoatini rivojlantirishda ushbu institutning ilmiy tajribasi muhim ahamiyat kasb etadi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.