logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda “Sog‘lom inson – sog‘lom millat” g‘oyasi ostida tonggi sport tadbirlari o’tkazildi

view 27

Toshkent davlat agrar universiteti Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakultetida “Sog‘lom inson – sog‘lom millat” g‘oyasi ostida tonggi sport tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Fakultet dekani J.Eshonqulov boshchiligida tashkil etilgan ushbu sog‘lomlashtirish aksiyasida professor-o‘qituvchilar va talabalar faol ishtirok etishdi. Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi yoshlar uchun “Ertalabki badantarbiya – sog‘lik garovi” shiori ostida sport mashg‘ulotlari o‘tkazilib, kun davomida yuqori kayfiyat va jismoniy faollik ta’minlandi. Quvonarli jihati, talabalarimiz nafaqat badantarbiyada, balki musobaqalarda ham peshqadamlik qilishmoqda. “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichida fakultetimizning 1-bosqich talabasi A.Anarboyev “Turnikka tortilish” yo‘nalishida faxrli 2-o‘rinni egalladi va maxsus diplom hamda sovg‘alar bilan taqdirlandi. Ushbu tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etishda o‘z hissasini qo‘shgan barcha ustoz va talabalarga minnatdorchilik bildiramiz.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.