Toshkent davlat agrar universiteti “Umumiy zootexniya va zootexnologiyalar” kafedrasida qo‘ychilik tarmog‘ida naslchilik va seleksiya ishlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Universitetning 1-bosqich tayanch doktoranti Otabek Do‘schanov hamda kafedra assistenti I.A. Abduvasiqov ilmiy rahbarligida Shayusupov Bobir Bahodirovich tomonidan Mo‘g‘ulistondan keltirilgan Bayad zotli sovliqlarni Hisori zotli qo‘chqorlar urug‘i bilan sun’iy urug‘lantirish orqali yuqori mahsuldor duragay avlodlar olish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Ilmiy izlanishlar Navoiy viloyatining Konimex tumanidagi “Ibodulla ota yagona” hamda Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi “Xolto‘raev Sardor” fermer xo‘jaliklarida amalga oshirilmoqda. Tadqiqotning asosiy maqsadi Bayad zotli qo‘ylarning mahalliy iqlim va oziqlantirish sharoitlariga moslashuvchanligini o‘rganish, naslchilik xususiyatlarini baholash va seleksiya ishlarini takomillashtirishdan iborat. Shuningdek, olingan duragay avlodning o‘sishi va rivojlanishi, go‘sht mahsuldorligi hamda naslchilik ko‘rsatkichlarini o‘rganish orqali qo‘ylarning genetik salohiyatidan samarali foydalanish ko‘zda tutilgan.
Ijtimoiy tarmoqlar:

