logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda Xalqaro halokatlar xavfini kamaytirish kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

view 2

13-oktabr — Xalqaro halokatlar xavfini kamaytirish kuni munosabati bilan Toshkent davlat agrar universitetida profilaktik va ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Toshkent viloyati Qibray tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, podpolkovnik M. Yunosov, TDAU Ishlar boshqarmasi boshlig‘i I. Baxronov, Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi boshlig‘i F. Norbo‘tayev hamda universitetning 70 nafarga yaqin talaba-yoshlaridan iborat volontyorlar guruhi ishtirok etdi. Tadbir davomida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, tabiiy va texnogen xususiyatli halokatlar xavfini kamaytirish, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish hamda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri harakatlanishning ahamiyatiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, talaba-yoshlar va volontyorlarning favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi xavfsizligini ta’minlash hamda jamoatchilik o‘rtasida xavfsizlik madaniyatini oshirishdagi o‘rni ta’kidlandi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.