logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU o‘qituvchisining ilmiy maqolasi nufuzli xalqaro jurnalda chop etildi

view 25

Toshkent davlat agrar universiteti O‘rmonchilik va landshaft dizayni kafedrasi o‘qituvchisi Dilnozaxon Asadullaeva muallifligida o‘simliklarning turli stress omillariga chidamliligini oshirishda zamonaviy genetik texnologiyalar imkoniyatlariga bag‘ishlangan ilmiy maqola nufuzli xalqaro jurnalda chop etildi.
Maqolada CRISPR texnologiyasi va funksional genomikaning o‘simliklarning abiotik hamda biotik stress omillariga chidamliligini oshirishdagi imkoniyatlari keng tahlil qilingan. Tadqiqot qishloq xo‘jaligida iqlim o‘zgarishi, kasalliklar va boshqa salbiy omillarga bardoshli o‘simlik navlarini yaratish yo‘nalishidagi zamonaviy ilmiy yondashuvlarni yoritishi bilan ahamiyatlidir.
Maqola nomi: CRISPR-enabled functional genomics for bolstering plant tolerance to abiotic and biotic stress: A comprehensive review
Jurnal: Functional and Integrative Genomics (Springer Nature).
Jurnal ko‘rsatkichi: Scopus CiteScore 2026 ma’lumotiga ko‘ra, Genetics kategoriyasida Q2 kvartil.
Maqola havolasi: https://doi.org/10.1007/s10142-026-01965-2
Mazkur ilmiy nashr universitet professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirish, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish hamda agrar sohada zamonaviy biotexnologiyalarni keng o‘rganishga xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.