Toshkent davlat agrar universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan futbol musobaqalarining universitet bosqichi final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Murosasiz va qizg‘in kechgan final bahsida fakultetlar jamoalari g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin — O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti;
2-o‘rin — Agromuhandislik va agrotexnologiya fakulteti.
Mazkur musobaqa talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, futbolga bo‘lgan qiziqishni oshirish, jamoaviylik va sportga muhabbatni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



