15-oktabr kuni Toshkent davlat agrar universitetida “Pushti oktabr” — ko‘krak bezi saratoni haqida xabardorlikni oshirish oyligi doirasida xotin-qizlar salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida universitetda faoliyat yuritayotgan 40–65 yoshdagi ayol xodimlar uchun universitet tibbiyot xonasida ko‘krak bezi holatini tekshirish bo‘yicha ultratovush tekshiruvi (UTT) hamda shifokor konsultatsiyasi tashkil etildi. Mazkur tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad — xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, kasallikning oldini olish va muntazam tibbiy ko‘riklardan o‘tish muhimligi haqida xabardorlikni oshirishdan iborat.
Ijtimoiy tarmoqlar:










