Toshkent davlat agrar universiteti Axborot-resurs markazida Huquqshunoslik kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Kutubxona va mualliflik huquqi: kutubxonachi nimalarni bilishi kerak?” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
➡️Tadbir davomida kutubxona faoliyatida mualliflik huquqiga rioya qilish, intellektual mulkni himoya qilish hamda axborot-resurs xizmatlarini tashkil etishda huquqiy me’yorlarga amal qilish masalalari muhokama qilindi.
✅Shuningdek, Huquqshunoslik kafedrasi dotsenti Ikrom Muslimovning “Kechikkan adolat” asari taqdimoti o‘tkazildi. Kitobda jadidlarning millat ozodligi va ma’rifati yo‘lidagi kurashi, ular boshidan kechirgan fojialar hamda tarixiy adolatning tiklanishi bilan bog‘liq voqealar yoritilgan.Heading
Ijtimoiy tarmoqlar:



