logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“Go‘zal Vatan” xalqaro festivali 3-kun manzili Samarqand viloyati Imom al-Buxoriy majmuasida

view 11

Ayni kunlarda Toshkent davlat agrar universiteti tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Go‘zal Vatan” xalqaro festivali yuksak ruhda davom etmoqda. Ushbu loyiha san’at va agrar sohani uyg‘unlashtirgan holda, ijodkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Bugungi ijodiy manzil Imom al-Buxoriy majmuasi. Mazkur majmua buyuk muhaddis Imom al-Buxoriy xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan bo‘lib, nafaqat ziyoratgoh, balki yuksak me’moriy va ma’naviy maskan sifatida ham alohida ahamiyatga ega. Festival doirasida rassomlar aynan shu muqaddas maskanda plener shaklida ijod qilib, tarixiy obida, uning betakror me’morchiligi hamda atrof-muhit go‘zalligini o‘z asarlarida aks ettirmoqda. Har bir ijodiy ishda milliy ruh va ilhom seziladi.

Bunday uchrashuvlar rassomlarimiz o‘rtasida tajriba almashish, turli madaniyatlarni yaqinlashtirish hamda Vatanimizning boy merosini keng targ‘ib etishda muhim o‘rin tutmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.