Toshkent davlat agrar universiteti vakillari ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasida stajirovka o‘tamoqda. Stajirovkaning asosiy maqsadi ilmiy-amaliy va akademik hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga joriy etish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.
Dastur doirasida universitet vakillari g‘o‘za seleksiyasi, urug‘chilik, paxta yetishtirish texnologiyalari, o‘simliklar kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashish kabi muhim yo‘nalishlarda tajriba orttirmoqda. Shuningdek, aqlli qishloq xo‘jaligi texnologiyalari, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari, mexanizatsiyalashgan usullar hamda dronlar yordamida ekin maydonlarini monitoring qilish va agrotexnik tadbirlarni samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar shakllantirilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar:






