Toşkent davlat agrar universiteti "Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi" yönalişi 2-bosqiç talabasi Saydiraxmonova Saida Saydimurod qizining “EcoBind” loyihasi haqida “Saodat” jurnalida (2026/9-son) “Saidaning yaşil formulasi” nomli maqola yoritildi.
➡️Saida va uning ilmiy rahbari Nodira Yoqubova bilan birgalikda plastik çiqindilarni qayta işlab, yangi turdagi ekologik va mustahkam quriliş materialini yaratiş ustida iş olib bormoqda. Taklif etilayotgan “EcoBind” (ekopolimer beton) mahsuloti tarkibining 70 foizini eritilgan plastmassa taşkil etadi. Unga sement, şagal va ohak mahsulotlari qöşilib, plastik çiqindilar uzoq yillik quriliş materialiga aylantiriladi. Uşbu işlanma an'anaviy beton işlab çiqarişdagi zararli gazlarni kamaytiradi hamda mahalliy muqobillariga nisbatan yengilroq, arzonroq va mustahkamroq hisoblanadi.
➡️Saida uşbu innovatsion loyihasi bilan “Mirzo Uluğbek vorislari” respublika tanlovida ğoliblikni qölga kiritib, 8 million sömdan ortiq pul mukofotiga sazovor bölgan. Şuningdek, uning loyihasi Özbekiston Ekologik partiyasida muhokama qilinib, “Eko Startaper” loyihasida iştirok etişga taklif etilgan.
✅Yoş tadqiqotçimizga kelgusi ilmiy izlanişlarida omad va zafarlar tilaymiz!
Ijtimoiy tarmoqlar:

