Toşkent davlat agrar universitetida “Seleksiya va uruğçilikda zamonaviy ilmiy-amaliy yondaşuvlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bölib ötdi. Tadbir universitetning Qişloq xöjaligi ekinlari genetikasi, seleksiyasi va uruğçiligi kafedrasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi hamda BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti (FAO) hamkorligida taşkil etildi.
Anjumanda Toşkent davlat agrar universiteti professor-öqituvchilari, olimlari hamda Özbekiston va xorijiy mamlakatlardan olimlar, mutaxassislar iştirok etib, qişloq xöjaligi ekinlari seleksiyasi va uruğçiligi, innovatsion agrotexnologiyalar, biotexnologiya, suv resurslaridan samarali foydalaniş, raqamli texnologiyalar va zamonaviy agrologistika masalalarini muhokama qildi.
Xususan, Janubiy Koreyalik mutaxassis Hwang-Sung Mo Koreyada kartoşka seleksiyasining rivojlanişi, hosildorlikni oşiriş va kasalliklarga çidamli navlarni yaratiş borasidagi tajribalar bilan örtoqlaşdi. Turkiyalik professor Sulaymon Kodel tomçilatib suğoriş texnologiyalari va suvni tejaş imkoniyatlari haqida ma’ruza qildi. Şuningdek, Rossiyaning Boşqirdiston agrar universiteti dotsenti Igor Yuryeviç Kuznetsov Özbekiston moş navlari va namunalarini Boşqirdistonning tuproq-iqlim şaroitida sinaş, moslaştiriş hamda yetiştiriş böyiça olib borilayotgan tadqiqotlarni taqdim etdi.
Anjuman davomida iştirokçilar ma’ruzalar yuzasidan fikr almaşib, özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Tadbir agrar sohada xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlaş, ilğor tajribalarni ommalaştiriş va zamonaviy ilmiy işlanmalarni amaliyotga tatbiq etiş uçun muhim maydon böldi.
Ijtimoiy tarmoqlar:









