“Özbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida “Markaziy Osiyo — ta’lim, fan va innovatsiyalarning yangi makoni” mavzusidagi Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi bölib ötdi. Unda 40 dan ortiq davlat vakillari, jumladan, ta’lim va fan vazirlari, 500 ga yaqin mahalliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalari rahbarlari hamda mingdan ziyod ekspert iştirok etdi.
Forumda Toşkent davlat agrar universiteti jamoasi ham ishtirok etib, K.I. Skryabin nomidagi Qirğiz milliy agrar universiteti örtasida öquv-ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan kelishuv hamda agrar ta’lim sohasidagi hamkorlik böyiça “Yöl xaritasi” imzolandi.
Kelişuvga muvofiq, biotexnologiya, ösimliklarni mikroklonal köpaytiriş va uruğçilik yönalişlarida qöşma tadqiqotlar olib boriş, rezavor mevalar yetiştiriş hamda ikki tomonlama akademik almaşinuv dasturlarini kengaytiriş közda tutilgan. Şuningdek, forum doirasida taşkil etilgan “Study in Uzbekistan” körgazmasida Toşkent davlat agrar universitetining ta’lim, ilm-fan va innovatsion faoliyatiga bağişlangan ekspozitsiyasi namoyiş etildi. Körgazmada universitetning ta’lim imkoniyatlari, ilmiy işlanmalari va xalqaro hamkorlik yönalişlari bilan tanişiş imkoniyati yaratildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:









