Toşkent davlat agrar universitetida Özmilliybank aksiyadorlik jamiyatiga qaraşli Toşkent viloyati “Kelajakka qadam” markazi rahbari Muslimbek Safarov hamda universitet magistrantlari iştirokida rahbar va yoşlar uçraşuvi bölib ötdi. Uçraşuv davomida yoşlarning tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, biznes loyihalarini amalga oşiriş, moliyaviy savodxonlikni oşiriş hamda yoşlar uçun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalaniş masalalari muhokama qilindi. Şuningdek, magistrantlarga öz biznes ğoyalarini rivojlantiriş, istiqbolli loyihalarni işlab çiqiş, ularni amaliyotga tatbiq etiş va moliyaviy qöllab-quvvatlaş mexanizmlari haqida ma’lumotlar berildi. Yoşlarning savollariga javob berilib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almaşildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:







