logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toşkent davlat agrar universiteti Kengaşi bölib ötdi

view 1

Toşkent davlat agrar universiteti Kengaşining navbatdagi 2/3-sonli majlisi bölib ötdi. Yiğilişda Kengash raisi, universitet rektori, professor Narzullo Oblomurodov hamda mas’ul rahbarlar tomonidan ta’lim sifatini oşiriş, ilmiy faoliyatni rivojlantiriş, universitetning xalqaro nufuzini mustahkamlaş va talabalar uçun yaratilayotgan şaroitlarni yaxşilaşga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.
Kengaş kun tartibidan örin olgan asosiy masalalar:
Özbekiston Respublikasi Prezidentining pedagoglar bilan uçraşuvida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlaş;
Universitet faoliyatini takomillaştirişga qaratilgan PQ-135-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oşirilgan işlar;
Öquv binolari va talabalar turar joylarini kuz-qiş mavsumiga tayyorlaş;
Universitet akademik litseyida öquv-uslubiy hamda ma’naviy-ma’rifiy yönalişlarda amalga oşirilgan işlar;
2026/2027-öquv yili uçun talabalarni qabul qiliş natijalari;
Universitetni xalqaro reytinglarga kiritiş böyiça amalga oşirilayotgan işlar va ustuvor vazifalar;
Birinçi bosqiç talabalarining taniştiruv haftaligi yakunlari.

Şuningdek, universitet faoliyatini rivojlantirişga qaratilgan qator masalalar — ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar, doktorantlar faoliyatini monitoring qiliş, xalqaro qöşma ta’lim dasturlarini kengaytiriş, professor-öqituvçilarning ilmiy salohiyatini qöllab-quvvatlaş hamda ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş masalalari körib çiqildi.
Kengaş kun tartibidagi masalalar universitetda ta’lim va ilm-fan sifatini yanada oşiriş, zamonaviy agrar soha uçun raqobatbardoş mutaxassislar tayyorlaş hamda universitet faoliyatini yangi bosqiçga olib çiqişga qaratildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.