logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda Serbiya delegatsiyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

view 1

Toshkent davlat agrar universitetiga Serbiya Respublikasi Qishloq xo‘jaligi, o‘rmon va suv xo‘jaligini rivojlantirish vazirining maslahatchisi Andrej Cvijanovic hamda mazkur vazirlikning O‘simliklarni himoya qilish departamenti direktori Nebojša Milosavljević tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolari TDAU rektori Narzullo Oblomuradov bilan uchrashib, qishloq xo‘jaligi ta’limi, ilm-fan va innovatsiyalar sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

➡️ Muzokaralarda bog‘dorchilik, o‘simliklarni himoya qilish, zamonaviy agrotexnologiyalar, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar yo‘nalishlarida qo‘shma faoliyatni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish, qo‘shma ilmiy-innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish hamda istiqbolli tashabbuslarni birgalikda rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish maqsadida ikki tomonlama ishchi guruh tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi.our Heading

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.