Toşkent davlat agrar universitetida ikki karra Olimpiya çempioni Bahodir Jalolov hamda Parij-2024 yozgi Olimpiya öyinlari çempioni, jahon va Osiyo çempioni Abdumalik Xaloqov iştirokida talaba-yoşlar bilan ma’naviy-ma’rifiy uçraşuv taşkil etildi. Qişloq xöjaligi mahsulotlarini saqlaş va qayta işlaş fakulteti taşabbusi bilan ötkazilgan tadbirda TDAU rektori Narzullo Oblomuradov, universitet professor-öqituvçilar hamda talaba-yoşlar iştirok etdi. Samimiy muloqot davomida maşhur boksçilar özlarining hayot yöli, katta sportga kirib kelişi, Olimpiya öyinlari va xalqaro musobaqalardagi iştiroki, şuningdek, çempionlik marralarini zabt etiş yölida bosib ötgan maşaqqatli yöllari haqida sözlab berdilar. Ular muvaffaqiyatga erişişda qat’iyat, intizom, tinimsiz mehnat va öz oldiga aniq maqsad qöyiş muhimligini alohida ta’kidladilar. Uçraşuvning qizğin qismi savol-javoblar şaklida davom etdi. Talabalar özlarini qiziqtirgan savollar bilan çempionlarga murojaat qilib, ularning hayotiy tajribasi, sportdagi faoliyati va muvaffaqiyat sirlari haqida batafsil ma’lumot oldilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:








