Toşkent davlat agrar universiteti huzuridagi “Agromuhandislik maktabi”ga Zooinjeneriya fakultetining 2-bosqiç talabalarini bilim salohiyati va iqtidoriga köra saralaş maqsadida navbatdagi taqdimot taşkil etildi.
➡️ Taqdimot Agromuhandislik maktabi boşliği Ş. Mirzaxadjayev va maktab koordinatori A.O. Qahhorov tomonidan, Zooinjeneriya fakulteti tyutorlari Abdulla Jöniuzoqov hamda Dilsora Jörabayeva hamkorligida ötkazildi. Uçraşuv davomida talabalarga Agromuhandislik maktabining asosiy maqsad va vazifalari, faoliyat yönalişlari, kelgusidagi rejalari hamda amalga oşirilişi közda tutilgan loyihalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Şuningdek, talabalar özlarini qiziqtirgan savollarga atrofliça javob oldilar.
✅Mazkur taşabbusdan közlangan asosiy maqsad — iqtidorli va izlanuvçan yoşlarni aniqlaş, ularning nazariy bilimlarini amaliy könikmalar bilan mustahkamlaş hamda zamonaviy agrar soha uçun malakali va raqobatbardoş mutaxassislar tayyorlaşdan iborat.
Ijtimoiy tarmoqlar:






