logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Barqaror suv resurslari va iqlim o‘zgarishi masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

view 21

Toshkent davlat agrar universitetining “AgroEkoKlub” liderlari Shoira Valiyeva hamda Dilnavoz Xamraevalar hamkorligida “Barqaror suv resurslarini boshqarish, iqlim o‘zgarishiga moslashish va ekologik boshqaruv masalalari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda ekologiya, suv resurslari boshqaruvi, bio dehqonchilik va iqlim siyosati yo‘nalishidagi yetuk mutaxassislar hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.
Davra suhbati davomida suv xavflarini baholash, suv stewardship strategiyalari, havza darajasidagi suv boshqaruvi, ESG tamoyillari hamda barqaror rivojlanish hisobotlarini yuritish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, global iqlim o‘zgarishi sharoitida suv resurslaridan oqilona foydalanish, ekologik diplomatiyani rivojlantirish va bio dehqonchilikni qo‘llab-quvvatlashning dolzarb jihatlari muhokama qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.