Toşkentda “Agrar va suv xöjaligi sohasida barqaror boşqaruv va samaradorlik” mavzusidagi maxsus xalqaro öquv-amaliy seminar bölib ötmoqda, xabaringiz bor. Bugun şu doirada Toşkent davlat agrar universitetida ham nufuzli xalqaro tadbir taşkil etildi. Oliygohimizga Ozarbayjon, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmanistonning qişloq va suv xöjaligi sohasidagi 30 nafardan ortiq rahbar va yetakçi mutaxassislaridan iborat delegatsiya taşrif buyurdi.
Taşrif davomida mehmonlar agrar taʼlim tizimida amalga oşirilayotgan tub islohotlar, zamonaviy taʼlim yönalişlari va ilmiy-amaliy işlanmalar bilan yaqindan tanişdilar.
Universitet boş binosida tantanali kutib olingan mehmonlar “Renessans” maʼruzalar majmuasi hamda taʼlim-tarbiya muhiti bilan tanişdilar. “Böston” aşula va raqs ansamblining kuy-öyinlari tadbirga haqiqiy bayramona kayfiyat bağişladi.
Alişer Navoiy nomidagi maʼruza zalida talabalar va yoş tadqiqotçilar bilan uçraşuv bölib ötdi. Unda sohadagi zamonaviy izlanişlar va xalqaro ilmiy imkoniyatlar atrofliça muhokama qilinib, qizğin savol-javoblar ötkazildi.
Majmuaning taşqi hududida taşkil etilgan “Art Galereya” körgazmasi delegatsiya aʼzolarida katta taassurot qoldirdi.
Şuningdek, mehmonlar Qişloq xöjaligi mahsulotlarini standartlaştiriş va sertifikatlaş fakulteti, Ösimliklar himoyasi va tuproqşunoslik yönalişlari faoliyatini közdan keçirişdi. Jumladan, yangi binoda joylaşgan Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakultetidagi yangi agronom, asalçilik, tuproq tahlili hamda zamonaviy suğoriş laboratoriyalari bilan tanişdilar.
Uşbu xalqaro muloqot mintaqamizda qişloq xöjaligi taʼlimi va ilm-fanini yangi bosqiçga olib çiqiş, şuningdek, qardoş va qöşni davlatlar bilan tajriba almaşiş yölidagi navbatdagi amaliy qadam böldi
Ijtimoiy tarmoqlar:









