logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida respublika ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi

view 2

Jori yilning 26-noyabr kuni Toshkent davlat agrar universiteti hamda “Science and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida “Agrosanoat biznesi samaradorligini oshirishda logistikaning o‘rni” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etiladi.

Anjumanda agrosanoat sohasida logistika tizimini rivojlantirish, ta’minot zanjirlarini samarali boshqarish, raqamli texnologiyalarni joriy etish, mahsulotlarni saqlash, tashish va eksport salohiyatini oshirishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi.

Tadbirda olimlar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, yosh tadqiqotchilar hamda soha mutaxassislari o‘z ilmiy izlanishlari va amaliy takliflari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.