logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU professor-o‘qituvchilari uchun “Tarixiy tur”: Ma’naviyat va madaniyat maskanlariga sayohat

view 50

Universitetimizning bir guruh professor-o‘qituvchilari Turkiy dunyoning ma’naviy poytaxtlaridan biri hisoblangan Turkiston shahriga tashrif buyurib, “Tarixiy tur” deb nomlangan o‘quv-seminarida ishtirok etishdi. Mazkur tadbir ziyolilarimizning madaniy hordiq chiqarishlari bilan bir qatorda, tariximiz va buyuk ajdodlarimiz merosini o‘rganish maqsadida tashkil etildi.
Seminarda ishtirokchilarning madaniy dunyoqarashini boyitish hamda turkiy dunyoning ma’naviy markazi bo‘lgan Turkiston shahri tarixi bilan yaqindan tanishtirildi. Tadbir doirasida Xoja Ahmad Yassaviy merosi va uning islom sivilizatsiyasidagi o‘rni atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, ishtirokchilar muhtasham Ahmad Yassaviy maqbarasini ziyorat qilib, me’moriy obidaning yaratilish tarixi hamda ajdodlarimizdan qolgan noyob yozma manbalar bilan tanishdilar.
Sayohat davomida o‘qituvchilar o‘zbek va turkiy xalqlar tarixiga oid qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Ushbu ma’rifiy sayohat professor-o‘qituvchilarimizning nafaqat dam olishlari, balki tarixiy xotirani mustahkamlashlari uchun ham xizmat qildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.