logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Xalmirzayeva Sayyora Shukurovna

1983-yilda Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. Mutaxassisligi — filolog, o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent. Oilali, 2 nafar farzandi bor.

 

Yosh avlodni xalqimizning ma‘naviy qadriyatlari asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish, yoshlarga o‘z Vatani — O‘zbekistonga mehr-muhabbat tuyg‘usini singdirish borasidagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlarda faol qatnashib kelmoqda.

 

1983-yildan 1997-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot institutining (hozirgi O‘zRFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti) folklor bo‘limida stajor-tadqiqotchi, kichik ilmiy xodim, ilmiy xodim lavozimlarida faoliyat olib borgan.

 

1997-yildan pedagoglik faoliyatini boshlab, Toshkent davlat agrar universitetining Tillar kafedrasida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, 2000-yildan dotsent lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2002-yildan 2004-yilga qadar Tillar kafedrasida kafedra mudiri lavozimida ishlagan.

 

2022-2024 yillarda O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida dotsent, kafedra mudiri v.b. lavozimida ishlab kelgan. 2024-yildan ushbu kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda.

 

S.Xalmirzayeva 242 ta ilmiy, ma‘naviy-ma‘rifiy, ommabop ishlar, shu jumladan 1 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 19 ta uslubiy qo‘llanma (ko‘rsatma), 1 monografiya, 3 ta to‘plam, 50 dan ortiq mahalliy va xorijiy jurnallarda ilmiy maqolalar, 50 dan ortiq xalqaro va respublika miqyosida ilmiy-amaliy konferensiyalarda ma‘ruza va tezislar, 50 dan ortiq ommabop maqolalar va nashr ishlar  muallifi.

 

S.Xalmirzayeva O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zosi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi Farmoniga binoan ta‘sis etilgan “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-avgustdagi Farmoniga binoan II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlangan.

 

  • Nashrlar

    • 2021-yil
      Project activities in Russian language lessons (hammualliflikda). Journal. European Journal of Molecular & Clinical Medicine
    • 2022-yil
      The impact of stress on organizational and educational output (hammualliflikda). Jurnal. International Journal of Early Childhood Special Education-3(INT-JECS).
    • 2023-yil
      Evaluation of Global Experience of State Support for the Agribusiness and Agricultural Sections. Jurnal. E3S Web of Conferences, EDP Sciences AFE.
    • 2024-yi
      “Agricultural policy reforms in Uzbekistan to increase the export share” ES3 Web of Conferences 497, 03054, ICECAE.
1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.