2025/2026-o‘quv yilida iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni universitet bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari masofaviy va kechki ta’lim shakliga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur suhbat quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etiladi. Iqtisodiyot yo‘nalishiga 37 nafar, buxgalteriya hisobi yo‘nalishiga 2 nafar, axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishiga 9 nafar, agronomiya yo‘nalishiga 4 nafar hamda o‘simliklarni karantini va himoyasi yo‘nalishiga 4 nafar talabgorlardan hujjatlar kelib tushdi.
Suhbat joriy yilning 10-sentabr kuni soat 09:00 da universitet bosh binosida o‘tkaziladi. Òz bilmimgizni kòrsating va Toshkent davlat agrar universiteti talabasiga aylaning!
Ijtimoiy tarmoqlar:
