logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Adiblar xiyobonida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

view 5

Toshkent davlat agrar universiteti tomonidan Adiblar xiyobonidagi atoqli adibimiz To‘lepbergen Kayipbergenov haykali poyida ma’naviy-ma’rifiy hamda sport tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasi mas’ullari, Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakulteti talaba-yoshlari, tyuterlari hamda „O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, professor S.Xolmirzayeva To‘lepbergen Kayipbergenovning hayot yo‘li va o‘zbek-qoraqalpoq adabiy aloqalariga qo‘shgan hissasi haqida so‘zlab berdi. Talabalar o‘rtasida rasmlar tanlovi o‘tkazilib, eng yaxshi ijodiy ishlar e’tirof etildi hamda tashkil etilgan milliy sport o‘yinlari yoshlarning jismoniy faolligini oshirish bilan birga, tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.