logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Aeroponika nima

view 29

Aeroponika (grekcha aer - havo so‘zidan olingan) – havo ildiz oziqlanadigan muhit hisoblanadi. Bu o‘simliklarning ildiz tizimi maxsus idishlarning qorong‘i havo bo‘shlig‘iga joylashtirib ozuqa eritmalar ildizga purkagichlar (forsunkalar) yordamida vaqti-vaqti bilan purkaladi yoki ildizlari trubaga joylashtirilib vaqti-vaqti bilan shu truba orqali ozuqa eritma oqiziladi. Aeroponika - bu substratsiz ekin o‘stirish bo‘lib, unda ildiz tizimi maxsus tokchalardagi qorong‘ilashtirilgan fazo bo‘shlig‘ida bo‘ladi. O‘simlik ildizi vaqt-vaqti bilan (12-45 daqiqada) 10-15 soniya davomida avtomatik tarzda oziq eritma bilan purkaladi. Aeroponika – havo yordamida yetishtirish, vaqti-vaqti bilan ildizlarini ozuqaviy eritma bilan sepib nam havoda tuproqsiz o‘simliklarni o‘stirish. O‘simliklar issiqxona javonlariga joylashtirilgan. Aeroponik issiqxonalarda pomidor, bodring, kartoshka va boshqa sabzavotlar, gullar,yem-xashak o‘simliklari vitaminli ozuqa olish uchun o‘stiriladi.Aeroponika bilan suv va o‘g‘it miqdori tuproq ekinlariga nisbatan kamayadi; hosildorlik odatda yuqori bo‘ladi va sabzavotlar erta pishadi. Ildizlarini nam havo muhitiga joylashtirish orqali o‘simliklarni o‘stirish imkoniyati XIX asr oxirida rus olimi V.M.Arsixovskiy tomonidan asoslab berildi. Ushbu usul amalda XX-asrning 1960-1970-yillarida qo‘llanila boshlandi. Aeroponika— o‘simliklarni tuproqsiz sharoitda, namli havoda uning ildizlariga ozuqali eritmani davriy ravishda purkab turish usuli bilan o‘stirish. Oʻsimlik ildizlariga maxsus asboblar yordamida vaqti-vaqti bilan oziq moddalar purkab turiladi. Aeroponika usulini 1910-yil olimi V. M.Arsixovskiy tadqiqot maqsadlari uchun taklif qildi. Keyinchalik Aeroponikadan gulchilik va sabzavotchilikda ham foydalanila boshladi. Aeroponika usulida ildizmevali oʻsimliklar yetishtirish ham oʻzlashtirilgan. Issiqxona, oranjereya, kosmikkemalarda va boshqalarda qoʻllaniladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.