logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari operatorlari uchun paxta terish mashinalarini boshqarish bo‘yicha o‘quv kurslari o‘tkazilmoqda

view 97

Joriy yilgi paxta yig‘im-terim mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, zamonaviy paxta terish mashinalaridan samarali foydalanish hamda malakali operatorlarni tayyorlash bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda. 10-14-avgust kunlari Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida paxta terish mashinalarini boshqaradigan operatorlar uchun o‘quv kurslari bo'lib o'tmoqda.
Shu maqsadda Farg‘ona davlat texnika universitetida Toshkent davlat agrar universiteti vakillari tomonidan paxta terish mashinalarini boshqarish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etilmoqda. Belgilangan reja asosida Andijon viloyatida - 242 nafar, Farg‘ona viloyatida - 265 nafar, Namangan viloyatida - 242 nafar mexanizator paxta terish mashinalarini boshqarish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.
O‘quv mashg‘ulotlarida paxta terish mashinalarining tuzilishi va texnik imkoniyatlari, ularni ishga tayyorlash, boshqarish, texnik sozligini ta’minlash, dalada samarali ishlatish hamda harakat va mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Kurslarning amaliy mashg‘ulotlari “UzSungwoo” MChJda tashkil etilib, ishtirokchilar zamonaviy paxta terish texnikalarida bevosita amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlamoqda. Mazkur o‘quv kurslarining asosiy maqsadi — paxta yig‘im-terim mavsumida zamonaviy texnikalardan unumli foydalanadigan, yuqori malakaga ega va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qiladigan operatorlar safini kengaytirish hamda hosilni qisqa muddatlarda va sifatli yig‘ib olishga ko‘maklashishdan iborat.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.