logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU delegatsiyasi Xitoyning nufuzli Northwest A&F universitetida xalqaro tajriba orttirmoqda

view 18

Toshkent davlat agrar universiteti delegatsiyasining Xitoy xalq respublikasidagi nufuzli Northwest A&F University bazasida tashkil etilgan “Yozgi ilmiy lager” dasturi doirasidagi faoliyati qizg‘in davom etmoqda. Ayni paytda talabalarimiz 20 dan ortiq yo‘nalishlar bo‘yicha malaka oshirib, o‘zlarining ilmiy qiziqishlari asosida zamonaviy agrar bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitmoqdalar.
Tashrifning asosiy jarayonlari: Innovatsion tadqiqotlar: Talabalar ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan laboratoriyalarda innovatsion tadqiqot usullarini bevosita amaliyotda sinab ko‘rmoqdalar;
Xalqaro e’tirof: Northwest A&F universiteti professor-o‘qituvchilari TDAU talabalarining bilimga chanqoqligi, faolligi va ilmiy izlanishlarga bo‘lgan yuqori qiziqishini alohida ta’kidlab o‘tishmoqda; Yangi g‘oyalar maydoni: Mazkur ilmiy lager talabalarga xalqaro tajriba orttirish bilan birga, kelajakdagi hamkorlik loyihalari uchun mustahkam zamin yaratmoqda.

Dastur yakuniga qadar talabalarimiz tomonidan yangi ilmiy tashabbuslar ilgari surilishi hamda o‘z bilimlarini xalqaro maydonda munosib namoyon etishlari kutilmoqda. Dastur universitetimiz yosh olimlarining dunyoqarashini kengaytirish va soha rivojiga hissa qo‘shishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.